Sharq yulduzi - adabiy-badiiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy jurnal.

Uyqungizni topamiz

Xurram RAYIMOV – 1950 yilda tug‘ilgan. Termiz дavlat pedagogika oliygohining (hozirgi
TDU) filologiya fakultetini tamomlagan. “Mohitabonim”, “Qo‘sh qanot”, “Bola bilan kapalak”,
“Men kichik kashfiyotchi”, “Oq tulpor”, “Sabr daraxti”, “Ko‘ngil mujdalari”, “Qalbimdagi
qush”, “Inja tuyg‘ular” kabi she’riy to‘plamlar hamda “Yurak uxlamaydi”, “Baxtli yashang
odamlar (hammualliflikdagi)” publisistik kitoblari nashr etilgan.


Buvijonim uyqusi
Buvijonim nahorlab,
Turishni qilgan odat.
Har tong kallasaharlab,
Bir gapni aytar faqat.

– Uyqumni yuqotganman,
Yotishim qiyin, – deydi,
Siz yoshlar olmassiz tan,
Emas bu o‘yin, – deydi.

– Barcha yo‘lni yopamiz,
Ilinadi tuzoqqa.
Uyqungizni topamiz,
Ketolmaydi uzoqqa.


Qandimni choy yeb qo‘ydi
Oyi, menga qand bering,
Ichayin choyga solib.
Hozirgina berdim-ku,
Qayga ketdi u, Tolib?
Bergan o‘sha qandingiz
Ustidan quyuvdim choy,
Qandimni u yeb qo‘ydi,
Endi nima qildim, voy!

Bolakay
Bola der: “Dada, menga
Olib bering mashina”.– Katta bo‘lsang olamiz,
Deydi ota jimgina.
Bolakay so‘zni yana
Ilib ketadi shartta:– Avval uni olaylik,
Keyin bo‘laman katta.

Rukunlar

Ulashish:

Arxivlar

📥  1 son  2022 yil 

📥  2 son  2022 yil 

📥  3 son  2022 yil 

📥  4 son  2022 yil 

📥  5 son  2022 yil 

📥  6 son  2022 yil 

📥  7 son  2022 yil 

📥  8 son  2022 yil 

📥  9 son  2022 yil 

📥  10 son  2022 yil 

📥  11 son  2022 yil

📥  12 son  2022 yil

📥  1 son  2023 yil 

📥  2 son  2023 yil 

📥  3 son  2023 yil 

📥  4 son  2023 yil 

📥  5 son  2023 yil 

📥  6 son  2023 yil 

📥  7 son  2023 yil 

📥  8 son  2023 yil 

📥  9 son  2023 yil 

📥  10 son  2023 yil 

📥  11 son  2023 yil