Musharraf XO‘JABEKOVA – 1954 yilda tug‘ilgan. Samarqand davlat pedagogika
institutining (hozirgi SamDU) filologiya fakultetini tamomlagan. Ijodkorning «Umr yo‘li», «Vaqt
izmi», «Ko‘klam qo‘shig‘i», «Olam dardi» nomli kitoblari nashr etilgan.
Qish kuni
– Qor erib ketmasidan,
Tezroq olib qolayin.
Qo‘lim muzlab qolsa ham,
Chelagimga solayin.
Deb Noila chelakka,
Qorni ola boshladi.
Muzlasa ham qo‘llari,
Yana sola boshladi. – Uni nima qilasan?
Degan savol beraman. – Chelakka qor to‘ldirib,
Yozga olib qolaman.
Singilcham
Alla aytar singilcham,
Qo‘g‘irchog‘in erkalab. – Uxlab qolgin gulg‘uncham,
Erta turgin ertalab.
Alla sehri shunday zo‘r,
Singilcham ko‘p zavq olar.
Qo‘g‘irchog‘iga aytib,
O‘zi ham uxlab qolar.