Har bir oqil insonning umri mobaynida amalga oshirgan xayrli ishlari va ana shu ezgu yumushlari bois topgan qadri o‘zi sohib bo‘lgan millat ulug‘ligi uchun ochilgan eshik, desam, ayni haqiqatdir. Chunki har birimiz, avvalo, Yaratganga banda, xalqimizga farzandmiz.
Millat qadrining elaro ulug‘ligi, balandligini ko‘rib, his qilib, qalbimizda uyg‘ongan iftixorni milliy o‘zligimizdan faxr-u g‘ururga mengzadim. Faqat bu ulug‘lik, bu iftixor yo‘lida kim qanday xizmat qilayapti? Bu savol ham ko‘zimiz ko‘zgusidan o‘tib tursa, demak, biz aravani quruq olib qochmayapmiz, so‘zimizni havoga otmayapmiz!
Bu uzun muqaddimadan maqsad shu yilning 23–26-yanvar kunlari bir guruh o‘zbekistonlik ziyolilar qatorida qardosh Ozarboyjon Respublikasida ijodiy safarda bo‘ldim…