Biz haqimizda
Sharq yulduzi — adabiy-badiiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy jurnal
Muassisi Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi. Toshkentda 1 yilda 4 marta nashr etiladi. Dastlab „Oʻzbekiston shoʻro adabiyoti“ (1932-yil iyun-iyulda), „Sovet adabiyoti“ (1935-yil, yanvar), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ (1935-yil, iyul) nomlarida chop etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida vaqtincha toʻxtatilgan. 1946-yildan hozirgi nomda chop etila boshlagan. Sahifalarida Oʻzbekiston va chet el yozuvchilarining badiiy asarlari nashr etiladi. Adabiyot va sanʼatning muhim sohalariga bagʻishlangan adabiy-tanqidiy, publitsistik maqolalar ham eʼlon qilinadi.
Bosh muharrirlar:
1. “Qurilish”, Umarjon Ismoilov – 1931-1932 yillar;
2. “O‘zbekiston sho‘ro adabiyoti”, Rahmat Majidiy – 1932-1934 yillar;
3. “Sovet adabiyoti”, Qurbon Begin – 1935-1937 yillar;
4. “O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati”, Xolmat Qurbonov – 1938-1939 yillar;
5. “O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati”, Sotti Husayn – 1940 yilda;
6. “O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati”, Komil Yashin – 1941 yilda;
7. “Sharq yulduzi”, Oybek – 1946-1948 yillar;
8. Vohid Zohidov – 1949 yilda;
9. Uyg‘un – 1950-51 yillar;
10. Mirmuhsin – 1951-1960 yillar;
11. Asqad Muxtor – 1960-65 yillar;
12. Hamid G‘ulom – 1966-1971 yillar;
13. Mirmuhsin – 1972-1981 yillar;
14. Hafiz Abdusamadov – 1981-1983 yillar;
15. Pirmat Shermuhammedov – 1983-1985 yillar;
16. O‘tkir Hoshimov – 1986-2003 yillar;
17. Omon Muxtor – 2003-2005 yillar;
18. Minhojiddin Mirzo – 2005-2007 yillar;
19. Sirojiddin Sayyid – 2007-2009 yillar;
20. Ulug‘bek Hamdam – 2009 yil dekabr – 2015 yil iyun;
21. Sirojiddin Rauf – 2015 yil 25 iyundan boshlab hozirgi kunda