Mushtariy HAYDAROVA – 2001-yilda tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi. Respublika matbuotida she’rlari chop etilgan.
O‘rtoq
O‘tgan qishda bozordan
Sotib oldim bir paypoq.
Chiroyli paypoq bilan
Bo‘lib oldim men – o‘rtoq.
Afsus, do‘st bo‘lmoq uchun
Tayyor emasdim jinday.
O‘rtog‘imning burnini
Teshib qo‘yibman bilmay.
* * *
Savol berar Boqivoy,
Bosh chiqarib darchadan.
– Nega ayiqlar semiz,
O‘rmondagi barchadan.
Kimdir aytar: Ko‘p yeydi,
Kimdir aytar: G‘ami yo‘q.
Barcha javoblar to‘g‘ri,
Bir-biridan kami yo‘q.
Ammo kutgan javobin,
Ololmadi Boqivoy.
Shu sabab o‘zi javob
Aytib qo‘ydi hoynahoy:
– Aslida ayiq ozg‘in,
Asalarilar chatoq.
Asal yegan ayiqni,
Chaqib qilar dumaloq.
Kim kuchli
O‘ynatib xartumini
Chumoliga dedi fil:
– Sen kuchsizsan juda ham,
Men kuchliman shuni bil.
Yerga qo‘yib chumoli
Qo‘lidagi donini
Sekingina so‘zladi
Aziz bilib jonini.
– To‘g‘ri, ulkan filsan sen,
Kuching aqlingdan ko‘pdir.
Aqlsizga birgina Javob yetar
– “Xo‘p, xo‘pdir”.
Nihol
Do‘stim yosh nihollarga
Suv quyadi tinmasdan.
Nihollar ham doimo
O‘sar tinim bilmasdan.
Bobom esa deydilar:
“Har bola ham bir nihol.
Ularga ham suvday ko‘p
Kerak bilim, e’tibor”.
* * *
Kichik ukam Mirjahon.
Endi kirdi Bir yoshga.
Qiliqlari Bir jahon.
O‘zi o‘xshar Quyoshga.
Sekin-sekinYuradi,
Mayda tashlab Qadamlar.
Gapirganda Gapiga
Tushunmaydi Dadamlar.
Mirjahonning Gapiga tushunaman,
Deyman men, Konfet bersin deyapti,
Deb konfetni Yeyman men.