XIRA PASHSHA
Holimizga qo’ymaysan hech,
Ming’illaysan xira pashsha.
Kelishmoqning iloji yo’q
Sening bilan sira, pashsha.
Qo’naverib, chaqaverib,
Holi-jondan toldirasan.
Ovoramiz quvib seni,
Qancha ishdan qoldirasan.
“Sharq yulduzi” jurnalining 2019-yil 12-sonidan olindi.